“Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi” doirasida “Korrupsiya–taraqqiyot kushandasi” mavzusida tadbir o‘tkazildi
Olmaliq kon metallurgiya kollejida joriy yilning 30-noyabr kuni Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi sho’ba mudiri Sohiba Xamraqulova hamda Olmaliq shahar PB XPB voyaga etmaganlar va yoshlar bilan ishlash guruhi katta inspektori Nargiza Manazarovalar bilan birgalikda “Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi” doirasida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida seminar va ochiq davra suhbati o‘tkazdilar.
Suhbat davomida boshqarmani sho’ba mudiri S.Xamroqulova va Yoshlar bilan ishlash guruhi katta inspektori, leytenant N.Manazarovalar korrupsiyaning salbiy oqibatlari va unga qarshi kurashish yo‘llari haqida ma’lumotlar berib o’tdilar.
Mavzu yuzasidan savol javoblar, ochiq muloqatlar va fikrlar almashildi.