Joriy yilning 16-aprel kuni Toshkent viloyati O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasida “O’quvchi-yoshlar o’rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirishda psixologik xizmatning ahamiyati” mavzusida viloyat amaliy seminari o’tkazildi.
Seminar ishida O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig’i A.Nurullaev, Baytqo’rg’on jom’e masjidi imom xatibi A.Abdujabborov, ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlari, psixologlar (241 nafar) ishtirok etdilar.
O’quvchilar o’rtasida sodir etilayotgan salbiy holatlarni oldini olishda psixologlar tomonidan tashkil etilayotgan psixologik ishlar atroflicha muhokama qilindi, kelgusida amalga oshirilishi zarur vazifalar belgilab olindi.
Домой / Без рубрики / «O’quvchi-yoshlar o’rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirishda psixologik xizmatning ahamiyati” mavzusida seminar o’tkazildi.