YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Qonunchilikdagi yangiliklar

Qonunchilikdagi yangiliklar

Qonunchilikdagi  yangiliklar

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-158-son Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab texnikumlarning direktor va direktor o‘rinbosari lavozimlariga talabgorlarni ochiq tanlov asosida tanlash tartibi joriy qilinadi.

➖tanlov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus elektron platformasi orqali amalga oshiriladi;

➖tanlov o‘tkazishga tegishli iqtisodiyot tarmoqlari va ish beruvchilar vakillari jalb etilishi mumkin;

➖direktor va direktor o‘rinbosarlari bilan ular tomonidan taqdim etilgan strategik rejaga asosan uch yillik mehnat shartnomasi tuziladi;

➖muddati tugagandan so‘ng direktor va direktor o‘rinbosarlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi strategik rejada belgilangan vazifalarning bajarilganligiga qarab, kelgusi uch yilga uzaytirilishi mumkin.