3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Nurafshon shahri Yoshlar markazida tashkil etilgan “Yurakdan yurakka” deb nomlangan xayriya aksiyasida Toshkent viloyati Oliy taʼlim, taʼlim fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi N.Kulbekova boshchiligida boshqarma xodimlari va professional taʼlim muassasalari rahbarlari hamda oʻqituvchilar qatnashdi.
Aksiya doirasida nogironligi bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar tomonidan qo‘l mehnati bilan yaratilgan buyumlar, sanʼat asarlari va turli dekorativ mahsulotlar ochiq savdo orqali xarid qilindi.
Bu tadbir nafaqat ular yaratgan ijodiy ishlarni keng ommaga tanishtirish, nogironligi bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga iqtisodiy yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan.