YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Kasbiy va oliy ta’limni o`zaro hamkorligi

Kasbiy va oliy ta’limni o`zaro hamkorligi

Joriy yilning 12-dekabr kuni «Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora — tadbirlari» to`g’risidagi O’zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2024-yil 16- oktabrdagi 158-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Oqqo’rg’on tuman 2-son kasb-hunar maktabiga Toshkent davlat transport universitetining Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti dekani I.S.Maturazov boshchiligida professor-o’qituvchilar tashrif buyurdi. 

Uchrashuvda I.S.Maturazov kasb-hunar maktabning o’quvchi va o’qituvchilariga yaratilgan sharoitlar, muammolar va uni hal qilish yo’llari, takliflari bilan tanishib kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan bir qator masalalar bilan fikr almashdi. Natijada kasbiy ta’limni yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olindi.