Respublika oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasidagi “Besh tashabbus olimpiadasi” ommaviy sport musobaqalarining final bosqichi yakunlandi
Bellashuvlar sportning mini futbol, stol tennisi, voleybol, yengil atletika, stritbol turlari boʻyicha boʻlib oʻtdi. Final bosqichida umumiy hisobda 574 nafar sportsevar yoshlar ishtirok etdi.
Joriy yilning 13-dekabr kuni barcha gʻolib va sovrindorlarga diplomlar, medallar va kuboklar topshirildi.
Taqdirlash marosimida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar hamda Sport vazirliklari, Yoshlar ishlari agentligi, viloyat hokimligi rahbar va masʼul xodimlari, oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Tadbirda soʻz olganlar ushbu olimpiada jismoniy va maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdilar.
Toʻrt kun davom etgan musobaqalar koʻplab iqtidor egalarini kashf etdi, jamoalarni yanada jipslashtirdi, yoshlar oʻrtasida hamjihatlik tuygʻularini, doʻstlik rishtalarini yanada mustahkamladi. Aslida, bu kabi sport tadbirlarini oʻtkazishdan maqsad ham ana shundan iborat.
Sport musobaqalarining natijalari.
Yengil atletika boʻyicha:
1-oʻrin. Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasi.
2-oʻrin. Urganch davlat universiteti jamoasi.
3-oʻrin. Namangan davlat pedagogika instituti jamoasi.
Stol tennisi (yigitlar):
1-oʻrin. Shahzod Toshtemirov (Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi).
2-oʻrin. Tomas Retush Allen (Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi).
3-oʻrin. Sarvar Baratov (Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talabasi).
Stol tennisi (qizlar):
1-oʻrin. Shahrizoda Sharipova (Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi).
2-oʻrin. Naziraxon Usmonova (Andijon davlat universiteti talabasi).
3-oʻrin. Nozli Toshboyeva (Guliston davlat universiteti talabasi).
Stritbol (yigitlar):
1-oʻrin. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
2-oʻrin. Jizzax davlat pedagogika universiteti.
3-oʻrin. Guliston davlat universiteti.
Stritbol (qizlar):
1-oʻrin. Fargʻona davlat universiteti.
2-oʻrin. Termiz davlat universiteti.
3-oʻrin. Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Futbol boʻyicha:
1-oʻrin. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
2-oʻrin. Qarshi davlat universiteti.
3-oʻrin. Buxoro davlat universiteti.
Voleybol (yigitlar):
1-oʻrin. Oʻzbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti.
2-oʻrin. Buxoro davlat universiteti.
3-oʻrin. Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Voleybol (qizlar):
1-oʻrin. Buxoro davlat universiteti.
2-oʻrin. Guliston davlat universiteti.
3-oʻrin. Qarshi davlat universiteti.