YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / «Biznes asoslari» fanidan o’quvchilar uchun ochiq dars o`tkazildi

«Biznes asoslari» fanidan o’quvchilar uchun ochiq dars o`tkazildi

Joriy yilning 18-dekabr kuni Oqqo’rg’on tuman 1-son kasb-hunar maktabi «Servis va xizmat koʻrsatish» kafedrasi maxsus fan oʻqituvchisi Sh.Tangirova tomonidan «Biznes asoslari» fanidan «Kelajak uchun sarmoyalar kiritish» mavzusida 23-37-guruh o’quvchilari uchun ochiq dars mashg’uloti o`tkazdi.

Dars jarayoni zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanildi.

Inovatsion texnologiyalar, ilgʻor pedagogik metodlar oʻquvchilarni dars mashgʻulotlariga yanada qiziqtirdi.

Ochiq dars mashg’uloti oʻquvchilar uchun maroqli, munozaralarga boy oʻtdi, shu o’rinda  ta’kidlab o’tish lozimki, ilg’or pedagogik texnologiya asosida tashkil qilingan darslar o’quvchilarning fan bo’yicha bilimlarining yaxlit o’zlashtirilishiga xizmat qiladi. O’quvchi tafakkurini o’stiradi, mustaqil, ijodiy fikrlashga o’rgatadi. Zero, barkamol avlod tarbiyasi jamiyat madaniy-ma’rifiy taraqqiyotining, millat ma’naviy kamolotining muhim belgisidir.