Bugun, 2024-yil 20-dekabr kuni, Toshkent viloyati professional taʼlim muassasalari rahbarlari Sirdaryo viloyatining Shirin energetika kollejida tashkil etilgan seminarda ishtirok etdilar.
Seminarni maqsadi professional taʼlimni yanada rivojlantirishda tajriba almashishdan iborat.
Seminar davomida istiroqchilar Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasiga ham tashrif buyurib, u yerdagi ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik jihozlar va taʼlim muhiti bilan yaqindan tanishdilar.
Ushbu seminar professional taʼlim tizimini yanada rivojlantirish, o‘quvchilarning amaliy bilimlarini oshirishda tajriba almashish maqsadida tashkil etildi.
Tajriba almashish jarayoni orqali o‘quv jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, taʼlim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi uzviy aloqani mustahkamlash bo‘yicha yangi g‘oyalar ilgari surildi.