O’lkashunoslik muzeyiga tashrif tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari 33-yilligiga munosib tayyorgarlik ko‘rish va yuqori saviyada o‘tkazish hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash maqsadida Oqqo‘rg‘on tuman 1-son kasb-hunar maktabida rejali ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 21-dekabr kuni Oqqo’rg’on tuman 1-son kasb-hunar maktabi Yoshlarni chaqiriqqa tayyorlash rahbari B.Jumanov hamda ishlab chiqarish ta’limi ustasi P.Mirtazayevlar boshchiligida 23-37-guruh o‘quvchilari bilan birgalikda tuman O’lkashunoslik muzeyiga tashrif tashkil etildi.
Tashrif davomida o‘quvchilar 2-Jaxon urushi, Vatanimiz tarixi va eng asosiysi Vatanga sadoqat burchi haqida ko‘pgina ma’lumotga ega bo‘ldilar.