YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Kasbiy ta’lim tashkilotlarida qishki ta`til davrida seminarlar davom etmoqda

Kasbiy ta’lim tashkilotlarida qishki ta`til davrida seminarlar davom etmoqda

Toshkent viloyati kasbiy ta’lim tashkilotlarida qishki ta`til davrida seminarlar davom etmoqda. Seminarlarning asosiy maqsadi – ta’lim sifatini oshirish va xodimlarning kasbiy mahoratini rivojlantirishdan iborat. Ushbu tadbirlar o‘qituvchilar va xodimlar uchun nafaqat kasbiy malakani oshirish, balki ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Joriy yilning 6-yanvar kuni Olmaliq kasb-hunar maktabida qishki taʼtil rejasi bo’yicha ertalab  o’qituvchilar bilan birga sport mashgʻulotlari o’tkazildi.

Kunning birinchi yarimida Ingliz tili fani o’qituvchisi Sh.Mamatqulova tomonidan «Do you know English» mavzusida seminar-trening o`tkazildi.

Kunning ikkinchi yarimida esa O’BDO’ M.Tursunqulova tomonidan o’qituvchilar portfoliyasini yaratilishi bo’yicha seminar tashkil etildi.

Seminarda o’qituvchilar portfoliyasini yaratilishi bo’yicha olib borilayotgan ishlar bajarilish holati tahlil qilindi va ishni samaradorligini oshirich yuzasidan yo‘riknoma berildi.