YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Dual ta’lim oliy ta`limda joriy qilinmoqda

Dual ta’lim oliy ta`limda joriy qilinmoqda

Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar  boshqarmasi xodimlari ishtirokida Toshkent davlat agrar universitetida dual ta’lim yo‘nalishini rivojlantirish bo‘yicha  uchrashuv o‘tkazildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi  vakillari Toshkent davlat agrar universiteti rektori N.Oblomuradov bilan dual ta’lim yo‘nalishini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni muhokama qildilar.

Uchrashuvni o’tkazishdan asosiy maqsad Dual ta’lim tizimini joriy etish,  o‘quv va amaliyot jarayonlarini uyg‘unlashtirish orqali talabalar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan dasturlarni ishlab chiqish, hamkorlikni mustahkamlash, ish beruvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirish va talabalarga kasbiy ko‘nikmalarni amaliyotda mustahkash imkoniyatini yaratish, innovatsion yondashuvlar, qishloq xo‘jaligi ta’lim sohasida dual tizim orqali zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish.

Uchrashuv davomida universitet va Toshkent viloyatidagi qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘rtasida hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish, talabalarni ishlab chiqarish jarayonlariga jalb etish va ularning amaliy ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish, Toshkent viloyatidagi qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish, chorvachilik, asalarichilik va qishloq xo‘jaligi sohasida yangi loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Bu tizim orqali talabalarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini uyg‘unlashtirish hamda ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish maqsad qilingan.

Mazkur tashabbus universitetning ta’lim sifatini oshirish va innovatsion rivojlanishiga xizmat qiladi.