Oʻquvchilar oʻrtasida bilim salohiyatlarini sinab koʻrish hamda «Zakovat» intelektual oʻyinini keng miqyosda shakillantirish maqsadida joriy yilning 9-yanvar kuni Chinoz tuman 2-son kasb-hunar maktabida 1-bosqich oʻquvchilari oʻrtasida ishlab chiqarish ta’lim ustasi Sh.Shakirov hamda D.Yuldashevlar tomonidan «Zakovat intellektual shousi» oʻtkazildi.
Shouda qiziqarli, mantiqiy savollar berib oʻtildi.
Zakovat intellektual shousi keskin, qiziqarli, baxs munozaraga boy tarzda boʻlib oʻtdi.
«Zakovat» bellashuvida 2-24-guruh oʻquvchilari 1 oʻrinni egalladilar.