Joriy yilning 11-yanvar kuni Olmaliq kon metallurgiya texnikumida «Vatan himoyachilari kuni» bayrami munosabati bilan «Yangi O‘zbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri» shiori ostida ma’naviy ma’rifiy tadbir o’tkazildi.
Tadbirda 14-son MMIB o’rinbosari mayor A.Rayimov, katta psixolog H.Turg’unov, Faxriy desant Usarov Sobir ota hamda 99-280 harbiy qism Faxriy qorovul jamoalari tashrif buyurdilar.
Tadbir davomida texnikum jamoasi va o‘quvchi yoshlari bilan harbiy vatanparvarlik mavzusida davra suhbati olib borildi.
Tadbirda o’quvchilar tomonidan kuy-qo’shiqlar va Tayekvando-BERKUT sportchilari ishtirokida chiqishlar namoyish etildi.