2025 yilning 20-24-yanvar kunlari Toshkent dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumida GIZning «O’zbekiston kasb-hunar ta’lim tizimida islohot va modernizatsiya jarayonini qo’llab — quvvatlash (TexVET) » loyihasi doirasida O‘zbekistonning to‘qimachilik sohasi uchun kasbiy ta’lim tashkiloti rahbarlari va o‘qituvchilari o‘z ta’lim muassasalariga raqamli va aralash o‘qitish usullarini joriy etishga qaratilgan 5- kunlik seminar-treningi bo‘lib o‘tmoqda.
Seminar-trening halqaro ekspertlar Hörfurter Andreas va Bahram Atabeyli tomonidan olib borilib, unda raqamli va aralash ta’lim, onlayn vositalar, raqamli ta’limning pedagogik nazariyalari va konsepsiyalar, raqamlashtirishning moliyaviy jihatlari, raqamlashtirishda hamkorlik va tarmoqlarni yaratish, raqamli o‘qitishda multimedia materiallar, raqamli transformatsiyada boshqaruvni o‘zgartirish, mobil o‘qitish va «teskari sinf» tizimi kabi mavzular qamrab olingan.
Mazkur seminarda Qibray tuman politexnikumi òqituvchilari D.Tulyaganova va A.Abdurasulovalar ishtirok etmoqda.
Seminar-trening yakunida kasbiy ta’lim tashkilotlarida ishtirokchilar tomonidan ishlab chiqilgan raqamlashtirish strategiyalarining taqdimotlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.