YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasida navbatdagi taqdimot bo‘lib o‘tdi

Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasida navbatdagi taqdimot bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 9-aprel kuni Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasida boshqarma boshlig‘i N.Kulbekova rahbarligida kasbiy ta’lim muassasalari direktorlarining navbatdagi taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda bino va yer maydonlaridan foydalanish, obodonlashtirish ishlari hamda budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

 

 

 

 

 

Shuningdek, “Yashil makon” umumxalq loyihasi doirasida bahor mavsumida daraxt va ko‘chat ekish tadbirlarini tizimli tashkil etish muhimligi alohida ta’kidlandi.

 

Taqdimot yakunida muassasa rahbarlariga yer maydonlari va infratuzilmasidan samarali foydalanish, obodonlashtirish ishlarini doimiy nazoratda saqlash bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.