Nurafshon shahrida ikki kun davom etadigan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘z ishini boshladi.
Tadbirda 10 dan ortiq tarmoq va vazirlik, shuningdek, Respublikamizning barcha hududlaridan kelgan sanoat korxonalari o‘z mahsulotlari bilan faol ishtirok etmoqda. Toshkent viloyatidan esa 300 dan ziyod sanoat korxonasi 2,5 mingdan ortiq mahsulot turlari bilan ishtirok etishmoqda. (https://toshkentviloyati.uz/news-detail/nurafshonda-hududiy-tarmoqlararo-sanoat-yarmarkasi-ish-boshladi)
Mazkur yarmarkada viloyatdagi oliy va kasbiy taʼlim muassasalarining professor-o‘qituvchilari hamda talabalari o‘zlarining innovatsion ishlanmalari va sohalar bo‘yicha ilgari surayotgan g‘oyalari bilan qatnashmoqda.