YANGILIKLAR

Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari o‘rtasida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovi boshlanganini e’lon qilamiz

TANLOV UCH BOSQICHDA O‘TKAZILADI!
1⃣- bosqich — aprel oyining 25-sanasigacha kasbiy ta’lim tashkilotlari miqyosida;
2⃣- bosqich — may oyining 25-sanasigacha hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha) miqyosida;
3⃣- bosqich — iyun oyining 25-sanasigacha Respublika miqyosida.

Raqamli ta’lim resurslari tarkibi amalda o‘qitilayotgan fan (modul), o‘quv amaliyotlarining namunaviy o‘quv dasturidagi mavzular asosida umumkasbiy va maxsus fanlari mavzulari 2 soatga bo‘lingan holda, o‘quv amaliyotlari 6 soatga bo‘lingan holda ishlab chiqiladi.

Mavzular bo‘yicha quyidagilardan iborat bo‘lgan mavzular to‘plami;
✅Mavzular to‘plami;
✅Fanning ta’lim texnologiyalari;
✅Media (audio, video va animatsion) materiallar;
✅Vizual-didaktik resurslar;
✅Taqdimot materiallari;
✅Glossariy (atamalar lug‘ati);
✅Baholash vositalari (nazorat savollari, amaliy topshiriqlar, test materiallari, mashqlar, masalalar to‘plami va boshqalar).

✅Tanlovga raqamli ta’lim resurslari foydalanishga tizimlashtirilgan tayyor dasturiy mahsulot sifatida taqdim etiladi.

⚡️Tayyor dasturiy mahsulot tayyorlash video yo‘riqnomasi ishlab chiqilgan.

video yo‘riqnoma ustiga (https://youtu.be/mxL9Vx4hyew) bosing

❌Materiallar Word, Excel, pdf, jpg va boshqa ko‘rinishda alohida-alohida fayllar sifatida qabul qilinmaydi.

75 ball to‘plagan eng yuqori 3 ta raqamli ta’lim resurslari va ularning muallifi g‘olib deb belgilanadi.

Tanlovning respublika bosqichida g‘olib deb topilgan mualliflarning raqamli ta’lim resurslari ommalashtirish uchun Professional ta’limni rivojlantirish institutining rtr.profedu.uz Raqamli ta’lim resurslari platformasiga joylashtiriladi.

Tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblari nominatsiyalar bo‘yicha tegishli darajadagi diplom, shuningdek:

-o‘rin uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari;
-o‘rin uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari;
-o‘rin uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari hisobidagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi;

Hamkorlikda ishlab chiqilgan va Respublika bosqichida qatnashib g‘olib deb topilgan Raqamli ta’lim resursi mualliflarning har biriga tegishli darajadagi diplom beriladi, g‘olib o‘rin uchun belgilangan pul mukofoti ular o‘rtasida teng taqsimlanadi;

Sohalar bo‘yicha tanlovning Respublika bosqichida qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallamagan keyingi 3 ta o‘rindagi ishtirokchilar vazirlikning “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlanadi.

Tanlov materiallari bilan tanishish uchun batafsil: (https://ipitvet.uz/uz/ko’rik-tanlov/)

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun.

712464456 977920048