2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash, innovatsion faoliyatni, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g’oyalari va ishlanmalarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash hamda rag’batlantirish, mazkur sohada istiqbolli yutuqlarni targ’ib qilish, shuningdek, ushbu faoliyatda iqtidorli o’quvchi-yoshlar faol ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari imkoniyatlarini joriy etish va yanada samarali qo’llashga e’tiborni kuchaytirish hamda O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi ijroiya qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi hamkorlikda “Yosh innovatsiyachi” ko’rik-tanlovini o’tkazish to’g’risida 02.04.2018 yil № 01-08/18-son, 09.04.2018 yil № 8/QQ Qo’shma Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent viloyati Kengashi Ijroiya qo’mitasi va Toshkent viloyati o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi hamkorlikda “Yosh innovatsiyachi” ko’rik-tanlovini o’tkazish to’g’risida 12.04.2018 yildagi № 01-10/14-son, № 3-sonli “Yosh innovasiyachi” ko’rik-tanlovini o’tkazish to’g’risida”gi hamkorlikda qabul qilingan Qo’shma qarori asosida 2018 yil 22 may kuni Ohangaron shahri “Madaniyat va istirohat bog’ida” “Yosh innovasiyachi” ko’rik-tanlovini viloyat bosqichi o’tkazildi.
Ushbu ko’rik –tanlovda barcha hududiy bosqichlarida g’olib bo’lgan 60 ta nafardan ziyod o’quvchilar ishtirok etdi.
Yosh innovasiyachilar o’z g’oyalarni faol namoyish etdilar. Ko’rik tanlov tashkiliy qo’mita a’zolari barcha taqdim etilgan g’oyalarni o’rganib baholadilar.
G’olibliknikni ko’lga kiritgan ishtirokchilar diplom va qimmat baho sovg’alari, qolgan barcha ishtirokchilar sertifikat va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
I o’rinni Chirchiq sanoat kasb-hunar kolleji o’quvchisi Nikitin Oleg o’zining AKT sohasidagi Wi-FI moduli bilan g’olib deb topilib Respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.