Toshkent viloyati kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarida tahsil olayotgan o’quvchilr buyuk ajdodimiz, mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 535 yilligini nishonlash, ularning xotirasini yod etish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Buyuk so‘z san’atkorlari tarixning tub burilish nuqtalarida, millatni birlashtiruvchi, ruhan yuksaltiruvchi badiiy so‘zga kuchli ehtiyoj tug‘ilgan paytda dunyoga keladi. Alisher Navoiy xuddi ana shu davrda yashadi.
Ulug‘ bobomiz she’r yozishda faqatgina o‘zbek tili imkoniyatlari bilan chegaralanib qolmagan, boshqa tillardan ham unumli foydalangan.
Zahiriddin Muhammad Bobur o‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lishi bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo‘lsa, serjilo o‘zbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi.
Tadbirlarda ko’zlangan maqsad yoshlarimizga – Navoiy va Bobur temuriylar davri ma’naviy merosining buyuk siymolari sifatida mamlakatimiz tarixida o‘chmas iz qoldirganligi, ular o‘z hayotining tamoyillari deb bilgan adolat, vatanparvarlik, insonparvarlikka suyanib o‘tganliklarini, bu insonlarning ijodiy va ilmiy merosi nafaqat milliy ma’naviyatimiz, balki jahon tamaddunida o‘z ifodasini topganligini yoshlar va aholining barcha qatlamlari o‘rtasida keng targ‘ib etishdan iborat.
Домой / Без рубрики / Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur – temuriylar davri ma’naviy merosining buyuk siymolari