YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Attestatsiyaning 2-bosqichi 20-24-may kunlari o‘tkaziiadi

Attestatsiyaning 2-bosqichi 20-24-may kunlari o‘tkaziiadi

Attestatsiyaning 2-bosqichi 20-24-may kunlari o‘tkaziiadi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan pedagog.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan akademik litsey va professional taʼlim muassasalari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning 2-bosqichi test shaklida joriy yilning 20-24-may kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti binosida kompyuterlar orqali o’tkaziladi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini pedagog.edu.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali aniqlashlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Manzil: Toshkent sh., Chilonzor tumani, Bunyodkor ko’chasi, 27-uy.( Metro: Chilonzor bekati)