Домой / Без рубрики / Avgust kengashiga tayyorgarlik boshlandi

Avgust kengashiga tayyorgarlik boshlandi

#Avgust_kengashiga_tayyorgarlik

Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig’i N.Kulbekova boshchiligida 2024/2025-o‘quv yili oldidan professional ta’lim muassasalarida «Avgust kengashi»ga tayyorgarlik masalalariga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining
2024-yil 9-avgustdagi 295-sonli buyrug‘iga muvofiq «Avgust kengashi» «Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida joriy yilning 24-28-avgust kunlari ta’lim muassasalarida o‘tkazilishi belgilandi.

Shuningdek mas’ularga «Avgust kengashi»ga jiddiy tayyorgarlik ko’rish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.