YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” ta’lim yo’nalishidagi maxsus fan o’qituvchilari uchun “An’anaviy avgust kengashining sho’ba yig’ilishi” bo’lib o’tdi.

“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” ta’lim yo’nalishidagi maxsus fan o’qituvchilari uchun “An’anaviy avgust kengashining sho’ba yig’ilishi” bo’lib o’tdi.

       2018 yil 16 avgust sanasida Chirchiq texnika kasb-hunar kollejida “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” ta’lim yo’nalishidagi maxsus fan o’qituvchilari uchun “An’anaviy avgust kengashining sho’ba yig’ilishi” bo’lib o’tdi. Chirchiq texnika kasb-hunar kolleji direktori Otabek Kiyamov ta’limda va axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida bo’layotgan o’zgarishlar haqida ma’lumot berdi.
Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasining vakili L.A.Gafarova O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi “Umumiy o’rta, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5313-son farmoni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi PQ-3504-son qarorida kasb-hunar ta’limi sohasida kadrlar tayyorlash bo’yicha belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash bo’yicha qo’yilgan vazifalar va 2017-2018 o’quv yilida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi mudiri U.E.Abdukadirova o’z ma’ruzasida kasb-hunar ta’limi sohasida kadrlar tayyorlash bo’yicha belgilangan vazifalarni to’liq yoritib berdi.
Chirchiq qurilish kollejining Ijtimoiy gumanitar fanlar o’qituvchisi U.Bekmuratova “Intelektual avlod tarbiyasida ta’lim texnologiyasidan foydalanishning afzalliklari” mavzusida o’tkazilgan davra suhbatida ta’dim texnologiyasida o’qitish metodlarining o’rni va ahamiyati, o’qitish metodlarining tasniflari va o’qitish texnologiyasini tanlash omillari tahlil qilish yo’riqnomasi bilan tanishtirdi.
Chirchiq texnika kasb- hunar kolleji Informatika va AT fani o’qituvchisi R.Xaybullaev sho’’ba a’zolariga o’qitishning innovasion usul va vositalaridan foydalanib namunaviy o’quv mashg’ulotini o’tkazdi.
Chirchiq texnika kasb- hunar kolleji Informatika va AT fani o’qituvchisi G.Razova sho’’ba a’zolariga o’qitishning innovasion usul va vositalaridan foydalanib “Shaxsiy kompyuter qurilmalari” mavzusida namunaviy o’quv mashg’ulotini o’tkazdi.
Tadbirda Chirchiq texnika kasb-hunar kolleji bitiruvchisi Xamdamov Xislat tomonidan ba’diy chiqish tadbirga bayramona ruh bag’ishladi.
Shu’ba yig’ilishi “Aziz va yagonamsan, jonajon O’zbekistonim” shiori ostida o’tkazildi.