Joriy yilning 17 fevral kuni Bekobod Abu Ali ibn Sino Jamoat salomatlik texnikumida 2-klinik fanlar kafedrasi maxsus fan etakchi o’qituvchisi G.Xudayberdiyeva tomonidan «Akusherlik» fanidan «Tor chanoq va unda feldsher -akusherning vazifalari» mavzuda 304-guruh o’quvchilari bilan amaliy mashg’ulotdan ochiq dars o`tkazildi.
Ochiq dars mashg’uloti zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda qiziqarli va bahs-munozaralarga boy tarzda o’tdi.
Darsda o’quvchilar faol ishtirok etdi va dars davomida mavzu yuzasidan tushunchlaraga ega bo’lib o’zlariga kerakli bilim va ko’nikmalarni egalladilar.
Ochiq dars mashg’uloti kuzatuvchi pedagog hodimlar tomonidan taxlil qilinib, a’lo deb baholandi.