Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sport vazirligi tashabbusi bilan Qarshi davlat universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarining respublika final bosqichiga start berildi.
“Besh tashabbus olimpiadasi” ommaviy sport musobaqalari final bosqichi bellashuvlari qizgʻin kechmoqda.
Bugun Qarshi davlat universitetida yigitlar oʻrtasida oʻtkazilgan stol tennisi musobaqalarining gʻolib va sovrindorlari maʼlum boʻldi.
Yakuniy natijalarga koʻra:
1-oʻrin. Shahzod Toshtemirov (Toshkent davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti).
2-oʻrin. Tomas Retush Allen (Toshkent tibbiyot akademiyasi).
3-oʻrin. Sarvar Barotov (Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti).
Yengil atletika bahslarida 4×100 metr masofaga aralash estafeta boʻyicha ham kuchlilar saralandi:
1-oʻrin. Buxoro viloyati.
2-oʻrin. Xorazm viloyati.
3-oʻrin. Namangan viloyati.
Qolgan sport turlari – stritbol (yigitlar va qizlar), voleybol (yigitlar va qizlar) va mini futbol boʻyicha guruh bosqichi bellashuvlari oʻtkazildi.