YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Bitiruvchi 2024

Bitiruvchi 2024

Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi akademik litsey bitiruvchi yoshlariga diplom topshirish marosimi bo’lib o’tdi.

Kelajagi porloq aziz bitiruvchilar” shiori ostidagi diplom topshirish marosimida Toshkent viloyati Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar  boshqarmasi boshlig’i N.Kulbekova bitiruvchilarni katta hayotga qadam qo’yishgani bilan tabrikladi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipovning bitiruvchilarga tabrigini yetkazdi.

Joriy o’quv yilida litseyni 159 nafar o’quvchi bitirgan bo’lib, shundan 25 nafari imtiyozli diplom, bir nafari kumush medal bilan tamomladi. Bitiruvchilarning 100 dan ziyodi xorijiy tilni bilish sertifikatiga ega.