YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Bitiruvchilarga diplom topshirildi

Bitiruvchilarga diplom topshirildi

O’rtachirchiq tumani Agrosanoat va transport kasb-hunar maktabi bitiruvchilarga diplom topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

2023-2024-o‘quv yilida kasb-hunar maktabini jami 263 nafar oʻquvchilar tamomladi shundan 26 nafari a’lo darajali qizil diplom bilan o‘qishni yakunladilar.

O‘quvchi yoshlarni tabriklash uchun Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi N.Kulbekova so‘zga chiqib, kelgusida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish, o‘z kasblari bo‘yicha yurtimizni yanada rivojlanishida munosib hissa qo‘shadigan kadrlar bo‘lishi uchun bitiruvchi yoshlarga tilaklar bildirdi.

Tadbir davomida O’rtachirchiq tuman Barkamol avlod bolalar musiqa maktabi o’quvchilari  yoshlarni tabriklab, o‘zlarining kuy qo‘shiq va raqslari bilan ajoyib kayfiyat ulashdi.