Домой / Без рубрики / Biz bir bo‘lsak yagona xalqmiz — birlashsak Vatanmiz!

Biz bir bo‘lsak yagona xalqmiz — birlashsak Vatanmiz!

“Yoz mavsumida mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish to‘g‘risida”gi 2024-yil 15-iyuldagi 26-Q/Q-sonli qo‘shma qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filiali tashabbusi bilan joriy yilning 1 avgust kuni Nurafshon shahrining mahalla yoshlari o‘rtasida intellektual, sport musobaqalari ya’ni, zakovat intellektual o‘yini, shaxmat-shashka, mini futbol, basketbol sport turlari bo‘yicha “Biz bir bo‘lsak yagona xalqmiz — birlashsak Vatanmiz!” deb nomlangan madaniy va sport tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda filial jamoasi, Yoshlar ishlari agentligi Nurafshon bo‘limi, yoshlar yetakchilari va mahalla yoshlari ishtirok etdilar.

Tadbirni filial rahbari N.Nasrullayev ochib berib, Nurafshon shahrining 22 ta mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazishda filialda barcha sharoit mavjudligini ta’kidlab, bunday tadbirlar muntazam o‘tkazilishini ta’kidlab o‘tdilar.

Tadbir so‘nggida faol ishtirok etgan mahalla yoshlari va g‘olib bo‘lgan jamoalar filial rahbari tomonidan tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.