Angren Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 7-24 guruh o’quvchilari tomonidan “1-dekabr – XALQARO OITSGA QARSHI KURASHISH” kuniga bag`ishlangan ”BIZ OITSGA QARSHIMIZ” nomli tadbir o’tkazildi.
Ta’lim muassasasi rahbari G’.Tojiyev tadbirni ochib berdi va OITS kasalligining kelib chiqishi, etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari haqida ma’lumotlar keltirib o’tdi.
Narkologiya dispanseri shifokori G.Shaismatova statistik ma’lumotlar bilan bo`lishib o`quvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berdi.
Har yili 1-dekabr kuni an’anaviy ravishda “OITSga qarshi butunjahon kurash kuni“ sifatida nishonlanadi.
Bu sanada OITS bilan og’rigan bemorlarni qo’llab-quvvatlash, hastalik alomatlari, undan saqlanish bo’yicha ogohlikni oshirish masalalariga jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsad qilinadi.
Tadbir davomida 7-24 guruh o’quvchilari tomonidan ham ko`plab qiziqarli ma’lumotlar berildi.