YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / “Bo‘lajak olim” tanlovi g‘olibi

“Bo‘lajak olim” tanlovi g‘olibi

Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan “IstTechH” MCHJ tomonidan «Quyosh energiyasidan foydalangan holda sintetik qimmatbaho toshlarni ishalab chiqarish» startap loyihasi yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu loyiha  Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o’tkazilgan “Bo‘lajak olim” tanlovida g‘olib bo‘lib, loyiha uchun  550 mln. so‘m pul mablag‘lari ajratildi.

Fanlar Akademiyasi Materialshunoslik institutining laboratoriya boshlig‘i Sh.Mamatqulov ilmiy rahbarligida yosh olima M.Jumaeva tomonidan 2 metr diametrdagi maxsus quyosh qurilmasi yordamida kimyoviy kompozit materiallardan sun’iy qimmatbaho toshlar sintez qilindi.

       Loyihani amalga oshirish natijasida 7 yangi ish o‘rinlari yaratildi va hozirgi kunda sun’iy qimmatbaho toshlar shartnoma asosida zargarlik sanoatidagi korxonalariga yetkazib berilmoqda.