O’quvchilar o’z huquqlari haqida ko’plab ma’lumotlarga ega bo’ldilar
Qibray tumani Kab-hunar maktabida, tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, Maktabgacha va maktab bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish tuman bo‘limi hamkorligida «Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish» mavzusida huquqiy aksiya o’tkazildi.
Tadbirda,Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i E.Eshonboboyev va ToshDAU professor-o‘qituvchilari tomonidan umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari va kasb-hunar maktabi o‘quvchilar va yoshlarga ularning huquqlarini himoya qilish, bevosita ularni qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu borada qabul qilingan qarorlar to’g’risida atroflicha ma’lumot berib o’tildi.
Shuningdek, tadbir davomida bitiruvchi sinf o’quvchilari uchun «Kasblar olamiga sayohat» mavzusida ochiq eshikar kuni o’tkazildi.