YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Boshlang’ich kasaba uyushmasining hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi

Boshlang’ich kasaba uyushmasining hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi

Boshlang’ich kasaba uyushmasining hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi

Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasida 2023–2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi bo‘yicha boshlang’ich kasaba uyushmasi  hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda o‘tgan yil davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlari belgilab olindi. Shuningdek, 2025-yil uchun qo‘shimcha taklif va o‘zgarishlar kiritish masalalari ham  muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan boshqarmaning Boshlang’ich kasaba uyushmasi kengashi raisi B.Mirzayevning hisobotlari tinglandi. Hisobotda mehnat jamoasining manfaatlarini himoya qilish, ish sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish borasida olib borilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, yig‘ilishda kasaba uyushmasi a’zolari tarkibi,  xodimlarning huquqlarini ta’minlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash kabi muhim masalalar muhokama qilindi. Natijada, barcha qarorlar ovoz berish yo‘li bilan bir ovozdan tasdiqlandi.