YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики (страница 28)

Без рубрики

Toshkent viloyati O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasini TELEGRAMda kuzating.

Toshkent viloyati O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasini endi TELEGRAMdan kuzatib borishingiz mumkin. Buning uchun @tvsspo kanaliga a’zo bo’ling yoki quyidagi linkni https://t.me/tvsspo tanlang va yangiliklarni kuzatib boring. www.tvsspo.uz-internetdagi web manzilimiz toshkent@markaz.uz-e-mail pochta Manzili: Qibray tumani, Qoramurt ko’chasi 1-uy, indeks 111200. Transport: 533, 520 raqamli avtobuslarning «Lakomativ» bekati (mo’ljal: Agrar Universitet oxirgi chorraxasi) Telefon: (+998 71) 150-52-10 Faks: (+998 71) 150-40-35 Ishonch telefoni: 10-06

Batafsil

«O’quvchi-yoshlar o’rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirishda psixologik xizmatning ahamiyati” mavzusida seminar o’tkazildi.

          Joriy yilning 16-aprel kuni Toshkent  viloyati O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasida “O’quvchi-yoshlar o’rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirishda  psixologik xizmatning ahamiyati” mavzusida  viloyat amaliy seminari o’tkazildi. Seminar ishida O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig’i A.Nurullaev, Baytqo’rg’on jom’e masjidi imom xatibi A.Abdujabborov,  ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlari, psixologlar (241 nafar) ishtirok etdilar. O’quvchilar o’rtasida sodir etilayotgan …

Batafsil

Tosh ko’tarish bo’yicha O’zbekiston chempionatida Bekobod tumani qishloq xo’jalik kasb-hunar kolleji o’quvchisi g’olib bo’ldi.

       2018 yil 30 mart — 04 aprel kunlari Sirdaryo viloyati  Baxt shahrida, “O’zbekiston Bahodirlar o’yinlari va tosh ko’tarish federasiyasi” tomonidan o’tkazilgan O’zbekiston chempionatida Toshkent viloyati  Bekobod tumani  qishloq xo’jalik kasb — hunar kollejining  2 — bosqich o’quvchisi  Abdulakimov Abdulla Abdug’ani o’g’li  60 kg vaznli qatnashchilar orasida 24 kglik giryani (tosh) 66 marotaba ko’tarib O’zbekiston chempionati g’olibligini qo’lga …

Batafsil

Oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirish uchun test sinovlari muddati 1 avgustdan 15 avgustgacha ikki smenada o’tkaziladi.

        Joriy yilning 3 aprel kuni oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to’g’risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining messenjerdagi «Huquqiy axborot» kanalida ma’lum qilindi. Qaror bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o’qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizomga asosan: — o’qishga qabul qilish to’g’risidagi arizalar esa har yili 15 …

Batafsil

Toshkent viloyati o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasida Respublika fan olimpiadasining Viloyat bosqichi o’tkazilmoqda.

          Akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari o’quvchilari o’rtasida umumta’lim fanlari bo’yicha Respublika olimpiadasining III (viloyat) bosqichi 2018-yil 26-31 mart kunlari Qibray moliya-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida o’tkazilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan viloyat bosqichi o’quvchi-yoshlarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatini aniqlash, ularni rag’batlantirish, o’quvchilarda o’zlari tanlagan fanlar va …

Batafsil

“O’zbekiston bo’ylab sayohat qil!” dasturiga asosan Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3514-sonli qaroriga muvofiq  tashkil etilgan “O’zbekiston bo’ylab sayohat qil!” dasturiga asosan Toshkent viloyati o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi apparati xodimlari   2018  yil 22 mart kuni Samarqand shahriga sayohat uyushtirdilar. O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidendi I.Karimov maqbarasiga chiqish joyi

Batafsil

Akademik litsey o’quvchilarining oliygohlarga kirish-kirmasligiga qarab o’qituvchilarga rag’bat yoki jarima qo’llanadi

         O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Akademik litseylarga umumiy o’rta ta’lim o’quvchilarini tanlab olish, o’qishga qabul qilish, ularning o’qishini ko’chirish va o’qishdan chetlatish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 2018 yil 23 martdagi 212-sonli qarori qabul qilindi. Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan tasdiqlanayotgan Nizomga ko’ra, akademik litseylar faoliyatiga oid bir qator yangiliklar joriy etilmoqda. Akademik litsey bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga …

Batafsil

Olmaliq shahrida Toshkent viloyati Navro’z tantanalari nishonlandi.

        21 mart kuni Olmaliq shahrida Toshkent viloyat ahli ham Navro’z bayramini keng tantanalar bilan nishonladilar. Xalq sayli sifatida nishonlangan ushbu bayram Olmaliqning “Oltin olma” xiyoboni, “Yoshlar” bog’i, “Bolajon” istirohat bog’i hamda mazkur hududlarga tutash markaziy ko’chalar va to’yxonalarda keng nishonlandi. 100 nafar karnaychi va surnaychilar viloyatning jami 22 ta shahar, tumanlaridan tashrif buyurgan mehmonlarni bayramona kuy-sadolar …

Batafsil

Kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining Islom Karimov memorial majmuasiga tashriflari uyushtirildi.

         O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida  xar haftaning juma kuni “Ma’naviyat kuni” doirasida  mamlakatimizning qadimiy va boy tarixini o’rganish,  yoshlar orasida keng targ’ib etish, ularda milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini kuchaytirish maqsadida yurtimizdagi tarixiy obidalar, ulug’ ajdodlarimiz nomlari bilan bog’liq, muqaddas ziyoratgohlarga o’quvchilarni tashriflari tashkil etilmoqda. Jumladan, Toshkent shahridagi  Islom Karimov memorial majmuasiga o’quvchilarning tashriflari yuzasidan belgilangan …

Batafsil

«O’quv amaliyotlarini o’tilishida xom-ashyodan samarali foydalanish» innovatsion seminar.

             Joriy yilning 16-mart kuni Yangiyo’l qishloq xo’jalik kasb-hunar kollejida «O’quv amaliyotlarini o’tilishida xom-ashyodan samarali foydalanish» mavzusida innovatsion seminar bo’lib o’tdi. Seminarda «Chilangarlik ishi», «Elektrgaz payvandlash» o’quv amaliyotidan ochoq dars mashg’ulotlari bo’lib o’tdi. Seminarda Yangiyo’l tuman hokimi A.To’xtaboyev va O’MKHTB bo’lim boshlig’i A.Zakirov, Yangiyo’l qishloq xo’jalik kasb-hunar kolleji direktori R.Zaripov seminar dasturini ochib berdi.

Batafsil

Kasb-hunar kollejlariga xomashyo va YoMMlari uchun ajratilgan byudjet mablag’laridan samarali foydalanishni tashkil etish” mavzusida o’quv-amaliy seminar.

Joriy yilning 12-martida Chingeldi maishiy xizmat kasb-hunar kollejida “Kasb-hunar kollejlariga xomashyo va YoMMlari uchun ajratilgan byudjet mablag’laridan samarali foydalanishni tashkil etish” mavzusida o’quv-amaliy seminar bo’lib o’tdi. Seminarda Toshkent viloyati O’MKHTB boshlig’i A.S.Nurullayev, O’MKHTB bo’lim boshlig’i-A.Zokirov, Toshkent viloyatining 5 ta hududi: Chirchiq, Bo’stonliq, Yuqori Chirchiq, Qibray, Parkent tumanlarining IChBDO’, bosh ustalari hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari qatnashdi. Seminarda korxona, tashkilot va …

Batafsil

Insholar tanlovlarining viloyat bosqichi g’oliblari aniqlandi.

       Toshkent viloyati o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o’quvchilari o’rtasida 8 ta yo’nalishda insholar tanlovlari o’tazildi. Insholar tanlovlari guruhlar, ta’lim muassasalar va xududlar kesimida o’tkazildi. Insholar tanlovlarining viloyat bosqichi g’oliblari aniqlandi. “Ozod va obod vatanga baxshida umr” mavzusida o’tkazilgan insholar tanlovida Angren tibbiyot kollejining o’quvchisi Sheralieva Kamola 1-o’rinni, “Vatan himoyasi muqaddas burch” mavzusida o’tkazilgan insholar tanlovida Oxangaron sanoat …

Batafsil

“O’quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarb vazifa” mavzusida viloyat amaliy-seminari o’tkazildi.

          Joriy yilning 12-mart kuni Toshkent viloyati o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasida “O’quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarb vazifa” mavzusida viloyat amaliy- seminari o’tkazildi. Seminarda viloyatdagi barcha o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari direktorlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha o’rinbosarlari, yoshlar yetakchilari (245 nafar) ishtirok etdilar. Toshkent viloyati O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig’i A.Nurullaev seminarda qatnashdi va ishtirokchilarga vazifalar …

Batafsil

Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashmoq kerak!

        Mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq davlatimiz bola huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga asosiy masala sifatida qarab kelmoqda. Shu bois, bolalar huquqlarini himoya qilish borasida qonunchiligimiz rivojlanib bormoqda. Asosiy qonunimiz bo’lmish O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks, Jinoyat kodeksi, Oila kodeksi, Fuqarolik kodeksi, “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida”gi, “Bola huquqlari kafolatlari to’g’risida”gi, “Voyaga yetmaganlar o’rtasida …

Batafsil

Qilichbozlik bo’yicha Osiyo chempionatida Chirchiq olimpiya zahiralari kolleji o’quvchilari kumush va bronza medallariga ega bo’ldi.

     Joriy yilning 22-fevraldan 5-martgacha Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida qilichbozlik bo’yicha kadetlar va o’smirlar o’rtasida davom etayotgan Osiyo chempionatida hamyurtlarimiz sovrinli o’rinni qo’lga kiritdi. Chirchiq olimpiya zahiralari kolleji 8-sinf o’quvchisi Sevila Xudoyberganova Abduvaxitovna «Bronza» medal sohibi. Chirchiq olimpiya zahiralari kolleji 9-sinf o’quvchisi Jaloliddin Dushanboyev Shavshanbek o’g’li «Kumush» medalni qo’lga kiritdi. Bu o’quvchilarning treneri Nasirov Sherali Turg’unaliyevich. Terma jamoamizga estoniyalik trener Igor Chikinyov tayyorgarlik …

Batafsil