YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики (страница 3)

Без рубрики

22-mart – buyuk olim Mirzo Ulug‘bek tug‘ilgan kuni

Mirzo Ulug‘bek (1394–1449) — buyuk alloma, astronom, matematik, tarixchi va davlat arbobi. U buyuk sarkarda Amir Temurning nabirasi, Shohrux Mirzoning o‘g‘li edi. 1394-yil 22-mart kuni Sultoniya shahrida tug‘ilgan. Yoshligidan bilimga chanqoq bo‘lib, ilm-fan yo‘lida katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Ulug‘bek dunyoga asosan astronom sifatida tanilgan. 1428-yilda Samarqandda ulkan rasadxona qurdirgan. U yerda yulduzlar harakati o‘rganilib, «Ziji Jadidi Kuragoniy» asari yozilgan. Bu asar …

Batafsil

«Navruz» umumxalk bayrami ko’tarinki ruhda o`tkazildi

Toshkent viloyati barcha kasbiy ta’lim tashkilotlarida «Navruz» umumxalk bayrami nishonlandi. Bayram o‘qituvchi, o‘quvchi va barcha xodimlar ishtiroqida o‘tkazildi. Bahor bayrami — o’zgacha shukuhda bo’lib o’tdi. Bayramona dasturxonlar yozilgan sport, xalq o’yinlari, raqslar, qo’shiqlar hamda she’riy chiqishlar namoish etildi. Milliy liboslarda quyoshning zarin nurlarida jilovlanib, milliy ma’naviyat, madaniyat, urf-odatlarni tarannum etib  o’zgacha aks etildi. Bayram ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi.

Batafsil

21 март — Наврўз байрами билан самимий табриклаймиз!

Ассалому алайкум, азиз ватандошлар! Олий ва профессионал таълим барча ходимларни, бутун халқимизни улуғ айём – Наврўз байрами билан самимий табриклаймиз! Бу йилги Наврўз муқаддас Рамазон ойида, унинг табаррук фазилатларига уйғун ҳолда ўтаётгани байрамга алоҳида руҳ, ўзгача файз ва қувонч бағишламоқда. Қалбларимиз шодликка тўлган шундай барокатли кунларда юртимиз мўмин-мусулмонларини, бутун ислом умматини Рамазони шариф билан яна бир бор қутлаб, жамики пок …

Batafsil

Olam nurga toʼlsin sen bilan Navroʼz!

Milliy anʼana va qadriyatlarimiz hamisha xalqimiz orasida birdamlik, ahillik hissini tarbiyalab kelgan. Navroʼz bahor bayrami, goʼzallik, nafislik, yangilanish bayrami xalqimizda keng nishonlanadigan, milliy urf-odatlar, xalq oʻyinlari, milliyligimiz belgisidir. Joriy yilning 20-mart kuni Ohangaron tuman 2-son politexnikumida Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan «Qadriyatlarning umrboqiy bo’lsin Navro’z! » deb nomlangan tadbir bo’lib o’tdi.

Batafsil

Toshkent viloyatida 2025-yilgi Navro‘z umumxalq bayrami tantanalari koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi

Toshkent viloyatida 20-mart kuni 2025-yilgi “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayli shaklida tashkil etilgan Navro‘z umumxalq bayram tantanalari koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi. Tadbir avvalida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev so‘zga chiqib, barchani bayram bilan tabrikladi. Hududda amalga oshirilayotgan islohotlar, bunyodkorlik ishlari, aholi farovonligi yo‘lidagi sa’y-harakatlarni e’tirof etdi. Tadbirda viloyat sektorlari rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari, nuroniylar, aholi …

Batafsil

Boʼstonliq tuman 1-son politexnikumida yangi adabiyotlar taqdimoti o`tkazildi

Boʼstonliq tuman 1-son politexnikumining Axborot kutubxonasi Toshkent viloyati Oliy taʼlim,  fan va  innovasiyalar boshqarmasi tomonidan berilgan Oʻzbekiston madaniy merosi nomli adabiyotlar bilan boyitildi. Boʻstonliq tuman 1-son politexnikumi kutubxonachisi Nazirova Xolis Kimsanovna tomonidan  kitobxonlarga yangi adabiyotlar taqdimoti o`tkazildi va adabiyotlar toʻgʻrisida maʼlumotlar  berildi.

Batafsil

“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” Respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi g‘oliblarini tabriklaymiz

“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” Respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi g‘oliblarini  tabriklaymiz! Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tgan “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” Respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichida Yuqori Chirchiq tumani politexnikumi jamoasi munosib ishtirok etib,                                faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ushbu yutuq jamoaning bilimga chanqoqligi, mehnati va jipsligining amaldagi …

Batafsil

Ohangaron tuman 1-son politexnikumi kutubxonasi yungi adabiyotlar bilan boyitildi

Toshkent viloyati Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar boshqarmasi tomonidan berilgan qimmatbaho adabiyotlar bilan boyitildi. Bular: O’zbekiston madaniy merosi Polsha muzeylarida «Qo`qon» davlat muzey-qo`riqxonasi to`plami O’zbekiston kulolchilik buyumlari jahon to’plamlarida O’zbekiston zargarlik buyumlari jahon to’plamlarida O’zbekiston madaniy merosi Buyuk Britaniya to’plamlarida Maʼlumot uchun Oʻzbekiston Madaniyat merosi jahon toʻplamlaridagi loyihasi birnecha yillik faoliyati davomida dunyoning turli muzeylarida Oʻzbekiston zargarlik sanʼati maxsulotlarining boy …

Batafsil

«Mirzo Ulug’bek vorislari» Respublika tanlovi Qibray tuman bosqichi bo’lib o’tdi

2025-yil 18-mart kuni Qibray tuman politexnikumida «Mirzo Ulug’bek vorislari» Respublika tanlovi Qibray tuman bosqichi Toshkent viloyati Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi tomonidan o’tkazildi. Ushbu tanlov mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ularni ilmiy-texnik faoliyatiga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarning, jumladan, olis hududlarda istiqomat qilayotgan yigit-qizlarning bilim, ko‘nikma va malakasini oshirish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida …

Batafsil

Boshlang’ich kasaba uyushmasining hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi

Boshlang’ich kasaba uyushmasining hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasida 2023–2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi bo‘yicha boshlang’ich kasaba uyushmasi  hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda o‘tgan yil davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlari belgilab olindi. Shuningdek, 2025-yil uchun qo‘shimcha taklif va o‘zgarishlar kiritish masalalari ham  muhokama qilindi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan boshqarmaning …

Batafsil

Toshkent viloyati kasbiy taʼlim tashkilotlari OTFIVning Hayʼat yigʻilishida masofaviy ishiroq etdilar

15-mart kuni Jizzax politexnika institutida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tizimidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash maqsadida o`tkazilgan  navbatdagi Hayʼat yigʻilishida Toshkent  viloyati kasbiy taʼlim tashkilotlari direktorlari Olmaliq arxitektura-qurilish texnikumida tashkil etilgan studiyadan masofaviy ishiroq etdilar. Hayʼat yigʻilishi doirasida Jizzax politexnika instituti hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida “Ziyolilar bog‘i”da ko‘chat ekish marafoniga rasmiy start berildi. Shu munosabat bilan texnikum hududida …

Batafsil

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida oliy ta’lim muassasalarida “Ziyolilar bog‘”lari tashkil etildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Jizzax politexnika instituti hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Ziyolilar bog‘i”da ko‘chat ekish marafoniga rasmiy start berildi. Katta tantana, ko‘tarinki shukuhda o‘tkazilgan marafon ochilish marosimida Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Akmal Savurboyev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi vazirlik mutasaddilari, hududiy boshqarmalar va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, 2000 nafarga yaqin …

Batafsil

Hay’at yig‘ilishida oliy ta’lim tizimidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilandi

15-mart kuni Jizzax politexnika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari, oliy ta’lim muassasalari faoliyati monitoringi natijalari muhokama qilindi. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligida markaziy apparat mas’ullari va tizim …

Batafsil

Olmaliq shahar politexnikumida “Milliy she’rlar” kechasi o’tkazildi

2025-yil  14-mart  kuni Olmaliq  shahar   politexnikumida  “Milliy she’rlar” kechasi o’tkazildi. Tadbirda   milliyligimiz, o’zligimiz haqida davra suhbatii bo’lib o’tdi. Milliy qadriyatlarimiz, urf odatlarimizni an’analarimiz orqali  vatanparvarlik ruhini o’quvchilar ongiga singdirish uchun she’r va qo’shiqlar  laparlar aytildi.

Batafsil

2025/2026-o‘quv yili bakalavriatga qabuli haqida

2025/2026-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi). Unga ko‘ra: ◀️ Barcha test topshiruvchilar uchun …

Batafsil