Joriy yilning 13-mart kuni O’rtachirchiq tuman 1-son politexnikumining aktiv kitobxon o`quvchilari va o’qituvchilari birgalikda Alisher Navoiy nomli Milliy kutubhona va Tabiat muzeyida ekskursiyada bo’ldilar. Sayoxat juda qiziqarli o`tdi.
BatafsilБез рубрики
Toshkent viloyati kasbiy ta’lim tashkilotlari faoliyati tahlil qilindi
Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N.Kulbekova rahbarligida viloyatdagi kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida Zoom platformasi orqali tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida dual ta’lim jarayonlarining bugungi kundagi holati, o‘quvchilarning darslarga qatnashish darajasi, jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda “Yashil makon” loyihasi doirasida bajarilayotgan ishlar muhokama qilindi. Yig‘ilish davomida har bir ta’lim muassasasi direktori o‘z …
BatafsilBoʻstonliq tuman 2-son politexnikumining oʻquvchi yoshlariga tuman Adliya boʻlimi “Ochiq eshiklar kuni” o`tkazdi
Joriy yilning 12-mart kuni Boʻstonliq tuman 2-son politexnikumining oʻquvchi yoshlari Boʻstonliq tuman Adliya boʻlimiga “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan tashrif buyurishdi. Tashrif davomida oʻquvchi yoshlarga kerakli va muhim ma’lumotlar berildi. Tashrif yakunida oʻquvchi-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berib javoblarini oldilar va bu bilan ularni huquqiy madaniyatini oshirishga imkoniyat yaratildi.
BatafsilUch avlod uchrashuvi
2025-yil 12-mart kuni Qibray tuman politexnikumida tuman nuroniylari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mehnat faxriylari va nuroniylar mehmon sifatida ishtirok etib, o‘quvchi-yoshlar bilan samimiy muloqot qildilar. Uchrashuv davomida mehmonlar “Tarix – Bugun – Kelajak” mavzusi doirasida so‘zga chiqib, avvalgi davr va hozirgi kun imkoniyatlari haqida fikr almashdilar. Ular davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan keng sharoitlar, ta’lim va taraqqiyot …
BatafsilOhangaron tuman 2-son politexnikumida 9-sinf bitiruvchilari uchun ochiq eshiklar kuni o’tkazildi
Joriy yilning 11-mart kuni Ohangaron tuman 2-son politexnikumida 9-sinf bitiruvchilari uchun ochiq eshiklar kuni bo’lib o’tdi.
BatafsilKasbga yo`naltirish
Joriy yilning 11-mart kuni Chinoz tuman XTBga qarashli 27-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 9-11sinf bitiruvchilariga Chinoz tuman 2-son politexnikumiga 2025-2026 oʻquv yiliga jalb qilish maqsadida ta’lim muassasasining psixologi I.Isaliyeva va o’qituvchi T.Paziltdinovalar tomonidan targʻibot-tashviqot ishlari olib borildi. Bitiruvchi oʻquvchilarga politexnikumda joriy etilgan har bir yoʻnalish, har bir kasb boʻyicha maʼlumotlar berib oʻtildi.
Batafsil8 март Халқаро хотин-қизлар байрами билан чин кунгилдан самимий муборакбод этамиз !
Ассалому алайкум, олий ва профессионал таълим тизими ҳамда кўпмиллатли утун юртимиз муҳтарам аёллари! Тошкент вилояти Oлий таълим, фан ва инновациялар бошқарма жамоаси номидан Сизларни 8 март Халқаро хотин-қизлар байрами билан чин кунгилдан самимий муборакбод этамиз. Барчангизга юксак ҳурматимизни ва эзгу тилакларимизни билдирамиз. Бугунги қутлуғ байрамнинг файзли Рамазон ойида бўлиб ўтаётгани унинг эзгу руҳи ва мазмунини янада оширмоқда. Муқаддас динимиз …
Chinoz tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabi binosini rekonstruksiya qilish ishlari uchun mablag’ ajratildi
Toshkent viloyati hokimi bir qator qaror va farmoyishlarni imzoladi. Jumladan: Chinoz tumanidagi 2-sonli kasb-hunar maktabi binosini rekonstruksiya qilish ishlari uchun 5 milliard 604 million so’m miqdorda mablag’ ajratildi. (https://e-qaror.gov.uz/doc/2293579)
Toshkent viloyati transport texnikumida ta’lim jarayoni va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig’i N.Kulbekova O’rta Chirchiq tumanidagi Toshkent viloyati transport texnikumida bo’lib, muassasaning o‘quv binosi, Axborot-kutubxona markazi va o‘quv amaliyot xonalarini ko‘zdan kechirdi. Ta’lim jarayoni va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rgandi. O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
BatafsilToshkent viloyati transport texnikumida “Balli qizlar” tanlovi o‘tkazildi
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Toshkent viloyati transport texnikumida ayol xodimlar o‘rtasida “Balli qizlar” tanlovi tashkil etildi. Bayramona ruhda o‘tgan ushbu tadbir texnikum jamoasi uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi. Tadbirda viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N.Kulbekova ishtirok etib, ishtirokchilarning chiqishlarini baholadi. Shundan so‘ng, boshqarma boshlig‘i so‘zga chiqib, barcha ayollarni 8-mart bayrami bilan samimiy tabrikladi. O‘z …
BatafsilАнгрен университетида “Ассалом Баҳор” номли тадбир ўтказилди
2025 йил 6 март куни Ангрен университетининг “Педагогика ва тиллар” факультети сиртқи бўлим БТ – 102, БТ – 104, БТ – 105 гуруҳларининг “Педагогик амалиёт тақдимоти” ҳамда 8 – март Халқаро хотин – қизлар куни муносабати билан “Ассалом Баҳор” номли педагогик, адабий – мусиқий тадбир бўлиб ўтди. Тадбирни университет ректори ввб М.Махмудов очиб берди. Тадбирда учта гурух кетма кетликда педагогик …
Batafsil“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining Angren shahar bosqichi g‘oliblari aniqlandi
Yurtimizning iqtidorli yoshlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining Angren shahar bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Ushbu nufuzli tanlovda bilim va iste’dodini namoyon etgan eng sara yoshlar saralab olindi. Natijalarga ko‘ra, shahar bosqichida yuqori natija qayd etgan besh nafar ishtirokchi viloyat bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritdi. Ular o‘z mahoratini keyingi bosqichda sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shuningdek, eng yaxshi deb …
BatafsilToshkent viloyati oliy ta’lim muassasalari talabalari Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldilar!
Toshkent viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldilar! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida» gi Qaroriga muvofiq: (https://president.uz/uz/lists/view/7920) Uralova Oysha Abduraim qizi – Angren universiteti, Iqtisod va huquq fakulteti, «Iqtisodiyot» yo‘nalishi sirtqi ta’lim shakli 3-bosqich I-110 guruh talabasi;
Mahammadrizoyeva Madinabonu Mahammadriza qizi – Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti, Qishloq xo‘jaligi fakulteti 3-bosqich …
«Kitobxon o‘quvchi» – ma’naviyat nuri
«Kitobxon o‘quvchi» – ma’naviyat nuri Oqqo‘rg‘on tuman 2-son politexnikumida kitobga mehr uyg‘otish, mutolaa madaniyatini oshirish maqsadida «Kitobxon o‘quvchi» tanlovi o‘tkazildi. Tadbir davomida ishtirokchilar nafaqat o‘qigan asarlari haqida fikr bildirishdi, balki bilimlar bellashuvi, adabiy bahs va fikr almashuvlarga ham kirishishdi. Eng faol kitobxonlar e’tirof etildi. Ushbu tadbir ilm-ma’rifatga chanqoq yoshlarni birlashtirib, ularga ilhom va rag‘bat bag‘ishladi.
BatafsilPedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy sertifikatlash va rag‘batlantirish tizimi takomillashtiriladi
Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy sertifikatlash va rag‘batlantirish tizimi takomillashtiriladi Vazirlar Mahkamasining qarori (https://api-portal.gov.uz/uploads/3bfc4b51-8076-ec96-83c6-51fd93c20824_media_.pdf) (130-son, 28.02.2025 y.) bilan Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-sentabrgacha:
1. Navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmagan, shuningdek, attestatsiyadan o‘tganlik muddati tugagan va amaldagi malaka toifasi saqlanib qolgan quyidagi pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi hamda ularga amaldagi malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanadi: …