YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики (страница 6)

Без рубрики

Boshlang’ich kasaba uyushmasining hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi

Boshlang’ich kasaba uyushmasining hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasida 2023–2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi bo‘yicha boshlang’ich kasaba uyushmasi  hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda o‘tgan yil davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlari belgilab olindi. Shuningdek, 2025-yil uchun qo‘shimcha taklif va o‘zgarishlar kiritish masalalari ham  muhokama qilindi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan boshqarmaning …

Batafsil

Toshkent viloyati kasbiy taʼlim tashkilotlari OTFIVning Hayʼat yigʻilishida masofaviy ishiroq etdilar

15-mart kuni Jizzax politexnika institutida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tizimidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash maqsadida o`tkazilgan  navbatdagi Hayʼat yigʻilishida Toshkent  viloyati kasbiy taʼlim tashkilotlari direktorlari Olmaliq arxitektura-qurilish texnikumida tashkil etilgan studiyadan masofaviy ishiroq etdilar. Hayʼat yigʻilishi doirasida Jizzax politexnika instituti hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida “Ziyolilar bog‘i”da ko‘chat ekish marafoniga rasmiy start berildi. Shu munosabat bilan texnikum hududida …

Batafsil

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida oliy ta’lim muassasalarida “Ziyolilar bog‘”lari tashkil etildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Jizzax politexnika instituti hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Ziyolilar bog‘i”da ko‘chat ekish marafoniga rasmiy start berildi. Katta tantana, ko‘tarinki shukuhda o‘tkazilgan marafon ochilish marosimida Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Akmal Savurboyev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi vazirlik mutasaddilari, hududiy boshqarmalar va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, 2000 nafarga yaqin …

Batafsil

Hay’at yig‘ilishida oliy ta’lim tizimidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilandi

15-mart kuni Jizzax politexnika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari, oliy ta’lim muassasalari faoliyati monitoringi natijalari muhokama qilindi. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligida markaziy apparat mas’ullari va tizim …

Batafsil

Olmaliq shahar politexnikumida “Milliy she’rlar” kechasi o’tkazildi

2025-yil  14-mart  kuni Olmaliq  shahar   politexnikumida  “Milliy she’rlar” kechasi o’tkazildi. Tadbirda   milliyligimiz, o’zligimiz haqida davra suhbatii bo’lib o’tdi. Milliy qadriyatlarimiz, urf odatlarimizni an’analarimiz orqali  vatanparvarlik ruhini o’quvchilar ongiga singdirish uchun she’r va qo’shiqlar  laparlar aytildi.

Batafsil

2025/2026-o‘quv yili bakalavriatga qabuli haqida

2025/2026-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi). Unga ko‘ra: ◀️ Barcha test topshiruvchilar uchun …

Batafsil

Milliy kutubhona va Tabiat muzeyiga ekskursiya tashkil etildi

Joriy yilning 13-mart kuni O’rtachirchiq tuman 1-son politexnikumining aktiv kitobxon o`quvchilari va o’qituvchilari  birgalikda Alisher Navoiy nomli Milliy kutubhona va Tabiat muzeyida ekskursiyada bo’ldilar. Sayoxat juda qiziqarli o`tdi.

Batafsil

Toshkent viloyati kasbiy ta’lim tashkilotlari faoliyati tahlil qilindi

Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N.Kulbekova rahbarligida viloyatdagi kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida Zoom platformasi orqali tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida dual ta’lim jarayonlarining bugungi kundagi holati, o‘quvchilarning darslarga qatnashish darajasi, jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda “Yashil makon” loyihasi doirasida bajarilayotgan ishlar muhokama qilindi. Yig‘ilish davomida har bir ta’lim muassasasi direktori o‘z …

Batafsil

Boʻstonliq tuman 2-son politexnikumining oʻquvchi yoshlariga tuman Adliya boʻlimi “Ochiq eshiklar kuni” o`tkazdi

Joriy yilning 12-mart kuni Boʻstonliq tuman 2-son politexnikumining oʻquvchi yoshlari Boʻstonliq tuman Adliya boʻlimiga “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan tashrif buyurishdi. Tashrif davomida oʻquvchi yoshlarga kerakli va muhim ma’lumotlar berildi. Tashrif yakunida oʻquvchi-yoshlar  oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berib javoblarini oldilar  va  bu bilan ularni  huquqiy madaniyatini oshirishga imkoniyat yaratildi.

Batafsil

Uch avlod uchrashuvi

2025-yil 12-mart kuni Qibray tuman politexnikumida tuman nuroniylari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mehnat faxriylari va nuroniylar mehmon sifatida ishtirok etib, o‘quvchi-yoshlar bilan samimiy muloqot qildilar. Uchrashuv davomida mehmonlar “Tarix – Bugun – Kelajak” mavzusi doirasida so‘zga chiqib, avvalgi davr va hozirgi kun imkoniyatlari haqida fikr almashdilar. Ular davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan keng sharoitlar, ta’lim va taraqqiyot …

Batafsil

Kasbga yo`naltirish

Joriy yilning 11-mart kuni Chinoz tuman XTBga qarashli 27-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 9-11sinf bitiruvchilariga Chinoz tuman 2-son politexnikumiga 2025-2026 oʻquv yiliga jalb qilish maqsadida ta’lim muassasasining psixologi I.Isaliyeva va o’qituvchi T.Paziltdinovalar   tomonidan targʻibot-tashviqot ishlari olib borildi. Bitiruvchi oʻquvchilarga politexnikumda joriy etilgan har bir yoʻnalish, har bir kasb boʻyicha maʼlumotlar berib oʻtildi.

Batafsil

8 март Халқаро хотин-қизлар байрами билан чин кунгилдан самимий муборакбод этамиз !

Ассалому алайкум, олий ва профессионал  таълим тизими ҳамда  кўпмиллатли утун юртимиз  муҳтарам аёллари! ♻️ Тошкент вилояти Oлий таълим, фан ва инновациялар бошқарма жамоаси номидан  Сизларни  8 март Халқаро хотин-қизлар байрами билан чин кунгилдан самимий муборакбод этамиз. Барчангизга юксак ҳурматимизни  ва эзгу тилакларимизни билдирамиз. Бугунги қутлуғ байрамнинг файзли Рамазон ойида бўлиб ўтаётгани унинг эзгу руҳи ва мазмунини янада оширмоқда. Муқаддас динимиз …

Batafsil

Chinoz tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabi binosini rekonstruksiya qilish ishlari uchun mablag’ ajratildi

Toshkent viloyati hokimi bir qator qaror va farmoyishlarni imzoladi. Jumladan: ➖ Chinoz tumanidagi 2-sonli kasb-hunar maktabi binosini rekonstruksiya qilish ishlari uchun 5 milliard 604 million so’m miqdorda mablag’ ajratildi. (https://e-qaror.gov.uz/doc/2293579)

Batafsil

Toshkent viloyati transport texnikumida ta’lim jarayoni va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig’i N.Kulbekova  O’rta Chirchiq tumanidagi Toshkent viloyati  transport texnikumida bo’lib, muassasaning o‘quv binosi, Axborot-kutubxona markazi va o‘quv amaliyot xonalarini ko‘zdan kechirdi. Ta’lim jarayoni va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rgandi. O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Batafsil