YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Chinoz tuman 2-son politexnikumida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi

Chinoz tuman 2-son politexnikumida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi

Oʻquvchilar oʻrtasida bilim salohiyatlarini sinab koʻrish hamda «Zakovat» intellektual oʻyinini keng miqyosda shakillantirish maqsadida joriy yilning 27-fevral kuni Chinoz tuman 2-son politexnikumida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Eng bilimdon, eng zukko, eng jamoaviy ruhga ega yoshlar g‘oliblik uchun kurash olib bordilar.

O‘yinda ishtirokchilar:

— Mantiqiy fikrlash qobiliyatini sinovdan o‘tkazdi;

— Jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini mustahkamladi;

— Qiziqarli savollar orqali bilimini kengaytirdi

Bellashuv davomida yorqin daqiqalar, hayajonli lahzalar va shiddatli baxslar guvohi bo‘ldik!

Intellektual bellashuv g‘oliblari esa maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandilar.