27 mart kuni Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusdan to’rtinchisi bo’lgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Chinoz tumanidagi kasb-hunar kollejlari o’qituvchilari va o’quvchi yoshlar ishtirokida tumanda yangi ochilgan Tursunoy Oxunova muzeyida «Kitob yarmarkasi» o’tkazildi. Unda tuman hokimi, prokurori, hokim o’rinbosarlari ishtirok etdilar.