YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Chirchiq shahrida viloyat hokimi boshchiligida ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Chirchiq shahrida viloyat hokimi boshchiligida ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

 

Joriy yilning 28-fevral kuni Chirchiq shahridagi “Kimyogarlar” madaniyat saroyida Toshkent viloyati hokimi boshchiligida ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Chirchiq shahar, Parkent, Bo‘stonliq, Yuqori Chirchiq, Qibray, Toshkent tumanlari aholisi uchun o‘tkazilayotgan ommaviy sayyor qabulda respublika, viloyat, tuman-shaharlarga tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etmoqda.

Qabulda fuqarolarning muammo va takliflari eshitilib, masalalarning yechimi yuzasidan mas’ullar nazoratiga yo‘naltirilmoqda.

Tadbirda viloyat hokimi bilan birga tegishli boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, fuqarolar murojaatlarini tinglashdi.

Mazkur qabulda viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N.Kulbekova ishtirok etib, fuqarolar murojaatlarini tingladi hamda ular tomonidan ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi. Sayyor qabul davomida aholi turli masalalar, jumladan, ta’lim, fan, innovatsiyalar va ijtimoiy sohalarga oid muammolar yuzasidan murojaat qildi.