Davlat bayrog‘i — milliy g‘ururimiz timsoli 33 yoshda!
Bugun Toshkent viloyatining markazi Nurafshon shahrida 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda viloyat hokimi Z.Mirzayev nutq soʻzlab, barchani bugunngi bayram bilan tabrikladi.
Tantanali tadbirda viloyat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi N.Kulbekova boshchiligida boshqarma xodimlari ishtirok etdi.
Davlat bayrog’i yurtdoshlarimiz qalbida vatanparvarlik tuyg’ularini yuksaltirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro’-e’tiborini oshirishda muhim vosita bo’lib xizmat qiladi.