Bugun, 7 aprel kuni, Olmaliq qurilish va kommunal xo‘jaligi texnikumida Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N.Kulbekova rahbarligida viloyatdagi kasbiy taʼlim tashkilotlari direktorlarining ishtirokida dual taʼlim tizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi. Seminarda dual ta’limni samarali tashkil etish, ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni kuchaytirish, o‘quvchilar davomati hamda o‘qituvchilarning salohiyatini oshirish dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Dual ta`limni tashkil etish jarayonida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo`yicha ko`rsatmalar berildi.
Seminarda boshqarma boshlig‘i ta’lim sifatini oshirish, dual taʼlimni amaliyotga to‘laqonli joriy etish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.
Seminar davomida boshqarma boshlig‘i hamda kasbiy taʼlim muassasalari rahbarlari texnikumdagi o‘quv va amaliy jarayonlar bilan yaqindan tanishdilar. Mavjud shart-sharoitlar va amalga oshirilgan ishlar o‘rganilib, ularning samaradorligi tahlil qilindi va tegishli tavsiyalar berildi.