YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Ekologiya sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Ekologiya sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi

2025-yil “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan bugun Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining majlislar zalida viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi maʼsullari va O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent viloyati partiya kengashi ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Boshqarma boshlig‘i N.Kulbekova bilan viloyat Ekologik partiya raisi F.Axmedjanov ikki tashkilot o‘rtasida o‘zaro tushunish va hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladilar.

Ushbu memorandumning asosiy maqsadi yosh avlodda ekologik bilim, ong va madaniyatni shakllantirish, «yashil iqtisodiyot»ga o‘tish jarayonini qo‘llab-quvvatlash hamda ekologiya sohasida hamkorlikni rivojlantirishdir.