YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Futbol boʻyicha “Universiada—2025” musobaqasining Respublika bosqichi gʻoliblari aniqlandi

Futbol boʻyicha “Universiada—2025” musobaqasining Respublika bosqichi gʻoliblari aniqlandi

Futbol boʻyicha “Universiada—2025” musobaqasining Respublika bosqichi gʻoliblari aniqlandi

Joriy yilning 9-14-aprel kunlari Xorazm viloyatida oliy taʼlim muassasalarining talaba-yoshlari oʻrtasida anʼanaviy tarzda oʻtkazilayotgan “Universiada” sport musobaqalarining  futbol sport turi boʻyicha final bosqichi oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Bu yilgi musobaqaga  Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti mezbonlik qildi.

Futbol boʻyicha final bosqichi oʻyinlari natijasi quyidagicha boʻldi:

1-o‘rin – Xorazm viloyati jamoasi;

2-o‘rin – Toshkent viloyati jamoasi;

3-o‘rin – Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi.