Rossiya Federatsiyasi “Kamaz” kompaniyasi Inson resurslarini rivojlantirish departamenti direktori Leniza Xikmatullina boshchiligida mutasaddilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida Toshkent viloyati hududida joylashgan Angren shahar 2-son kasb-hunar maktabi va Olmaliq arxitektura-qurilish texnikumiga tashrif buyurdi.
❇️ Tashrifdan ko‘zlangan maqsad avtomobil dvigatellarini qismlarga ajratish bo’yicha Chilangar va Payvandlochi (elektigazpayvandlash ishlari) yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash va keyinchalik bitiruvchilar bandligini kompaniya korxonalarida ta’minlashni tashkil etish.
✅ Uchrashuv davomida kompaniya vakillari kasb-hunar maktabi va texnikum faoliyati, o‘quv ustaxonalari bilan yaqindan tanishdi.