YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Хalqaro hamkorlik

Хalqaro hamkorlik

2024-yil 15-oktabr kuni Boʻstonliq turizm va servis kollejiga Shvetsariyaning VET4UZ loyihasini amalga oshirishni tashkil etish maqsadida Eleanora Sprenger xonim boshchiligida bir guruh hamkorlar tashrif buyurdi.

Mehmonlar Boʻstonliq tumani Oqtosh dam olish zonasida joylashgan «Heaven’s Garden» mehmonxonasiga oʻquvchilarni amaliyot jarayonlari bilan tanishtirish uchun olib borildi.

Tashrif davomida dars jarayonlari kozatildi. Boʻstonliq turizm va servis kolleji DOʻIBOʻ B.N.Miraxmedov tomonidan kollej  faoliyati va yaqin kelajakdagi strategik rejalari namoyish etildi. Hamkorlar  tashrifi iliq taassurotlarga boy boʻldi, oʻzaro fikr almashildi va takliflar koʻrib chiqildi.