Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N.Kulbekova Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga amalga oshirgan xizmat safari doirasida “Xekslet” ta’lim muassasasi bilan xalqaro hamkorlik memorandumi imzoladi. Mazkur memorandum doirasida Piskent tumanidagi 1-sonli politexnikum bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu hamkorlik axborot texnologiyalari, xususan, dasturiy injiniring va kompyuter tizimlari yo‘nalishlarida malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan.
Ta’lim jarayonlari sirtqi, masofaviy va dual shakllarda tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, zamonaviy IT texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish, o‘quv-uslubiy almashinuvlar, xalqaro grantlarda ishtirok etish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilinadi.
Mazkur memorandum viloyatida kasbiy ta’lim tizimini xalqaro andozalar asosida takomillashtirish yo‘lidagi muhim bosqichlardan biri bo‘ldi.