Joriy yilning 2 aprel kuni, «INFOLIB haftaligi»ni yanada mazmunli o’tkazish maqsadida, Oqqo’rg’on tuman 1-son kasb-hunar maktabi ARM hodimlari boshchiligida, o’quvchilarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va kitobxonlikni keng targ’ib qilish, ularning ma’naviy-intellektual salohiyati va dunyoqsrashini yuksaltirish hamda, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash maqsadida kasb-hunar maktabimiz o’quvchilarini «Kitoblar olamiga sayohat» shiori ostida, Oqqo’rg’on tumani AKMga kitoblar olamiga sayohatga olib borildi.
Sayohat davomida tuman AKM hodimlari tomonidan o’zbek va jahon adabiyoti vakillari, yozuvchi va shoirlari hayoti va ijodlaridan o’quvchilarga so’zlab berildi. Ularning sevimli asarlari yuzasidan kitob taqdimotlari oʻquvchilarga o’tqazildi.
✅ Sayohat o’quvchilarda o’zgacha taassurot qoldirdi. O’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Ularning kitobga bo’lgan qiziqishlarini yanada uyg’otdi.