Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sh.Rajaboyevning Toshkent viloyatidagi Innovatsion hududga aylantirilayotgan Chirchiq shahriga tashrifi boʻlib oʻtdi.
Tashrif davomida;
- Chirchiq kimyo industrial texnoparkda boʻlib u yerda texnoparkning rezidentlari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalari bilan va texnopark ichida tashkil etilgan Avezov nomidagi universitet faoliyati bilan ham tanishdilar.
- Oʻzbek-Kores ilmiy texnologik markazida O‘zbekiston texnologik metallar kombinati bilan konchilik va metallurgiya sohalarida innovatsion yechimlarni ishlab chiqish va joriy etishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolandi.
- Kaprolaktam hududidagi kichik sanoat zonasining energiya samaradorligini oshirish va aqlli yoritish texnologiyasi bilan tanishidi.
- AgroTech Klaster R&D markazida AgroTech Klaster huzuridagi ilmiy R&D faoliyati bilan tanishdi.
- Chirchiq shahar hokimi bilan kelgusida amalga oshiriladigan innovatsion loyihalar hamda rejalar muhokama qilindi.
- Chirchiq davlat pedagogika universitetida xorijiy grant mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilgan innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishdi.