Olmaliq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida «Jadidlar, milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari» mavzusida “Eng yaxshi insholar” tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov Toshkent viloyati Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar boshqarmasi tashabbusi bilan o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni asrab avaylashga, hurmat qilishga o‘rgatish maqsadida haftaning har juma kunlari tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish vazifasiga ko‘ra tashkil etildi.