2025-yil 14-aprel kuni Ohangaron tuman 2-son politexnikumda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Ohangaron tuman hokimligi din ishlari bo’yicha mutaxassis SH.Suvonov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Ohangaron tuman bo’linmasi rahbari N. Merganova, Ohangaron tuman hokimligi nuroniy jamg’armasi rahbari G. Huseyinov ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ishtirokchilar jaholatning salbiy oqibatlari va unga qarshi kurashda ma’rifatning o‘rni haqida fikr almashdilar. Shuningdek, ilm-fan, ta’lim va ma’naviyatning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati, yosh avlodni ilmga yo‘naltirishning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
O’quvchi qizlar bilan ham alohida suhbat olib borilib ularning odobi o’zini tutishi hamda formasi haqida ham gapirib o’tildi.
Davra suhbati iliq va samimiy ruhda o‘tib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.