Домой / Без рубрики / Kasbiy taʼlim muassasalari direktorlari ishtirokida viloyat seminari boʻlib oʻtdi

Kasbiy taʼlim muassasalari direktorlari ishtirokida viloyat seminari boʻlib oʻtdi

Bugun, 24-dekabr kuni, Ohangaron tumani 2-son kasb-hunar maktabida Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi N.Kulbekova rahbarligida kasbiy taʼlim muassasalari direktorlari ishtirokida viloyat seminari boʻlib oʻtdi. Tadbir viloyatdagi kasbiy taʼlim tizimida o‘quv jarayonlarini takomillashtirish va taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan muhim tajriba  bo‘lib xizmat qiladi.

Seminar davomida boshqarma boshligʻi va kasbiy taʼlim muassasalari direktorlari kasb-hunar maktabidagi o‘quv-amaliy jarayonlar bilan yaqindan tanishib, mavjud shart-sharoitlar va ularning samaradorligini haqida o`z fikrlarini bildirdilar.

Ingliz tili va Rus tili darslari jarayoniga qatnashib, dars sifatini tahlil qilish orqali o‘quvchilarning bilim darajasini oshirishga qaratilgan zarur taklif va topshiriqlar belgilandi.

Seminarning ikkinchi qismida kasbiy taʼlim muassasalarida 2024-yil yakunlariga hamda 2025-yilga moʻljallangan rejalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilish  davomida viloyatdagi kasbiy taʼlim sohasida erishilgan natijalar tahlil qilinib, kelgusi yil uchun belgilangan rejalar, jumladan, taʼlim sifatini oshirish, oʻquv jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha vazifalar belgilab berildi.

2024-yilda o‘z faoliyati davomida faollik ko‘rsatgan direktorlar Boshqarma boshligʻi N.Kulbekova tomonidan taqdirlandi.